O‘zbekiston Superligasining 19-turida «Neftchi» o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bahsdagi ikkata golga ham Zoran Marushich mualliflik qildi. U 23-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqada dublini rasmiylashtirdi. 90+8-daqiqada esa Stive Peritsa yakuny nuqtani qo'yib, «Neftchi»ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
«So‘g‘diyona» 68-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib qoldi. Zaxiradan maydonga tushgan Shohjahon Sultonmurodov qizil kartochka olib, uchrashuvni muddatidan avval tark etdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng «Neftchi» ochkolari sonini 45 taga yetkazib, ikkinchi o‘rindagi «Paxtakor» bilan farqni 6 ochkoga yetkazdi. «So‘g‘diyona» esa 24 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi.
Superliga. 19-tur
Neftchi - So‘g‘diyona 3:0
Gollar: Marushich 23, 60, Peritsa 90+8
Chetlatish: Shohjahon Sultonmurodov 68
Neftchi: Botirali Ergashev, Nurmuhammad Abdug‘aniyev, Koffi Kuao (Izzatillo Po‘latov, 75), Boyan Siger (Farruh Sayfiev, 87), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Asilbek Jumayev (Muhsinjon Ubaydullayev, 69), Bilolxon Toshmirzayev (Xurshid G‘iyosov, 69), Vladimir Yovovich, Ikrom Aliboyev, Alisher Odilov, Zoran Marushich (Stipe Peritsa, 87).
So‘g‘diyona: Milan Mitrovich, Zoir Jo‘raboyev, Abdulazizxon Abdurashidov (Shohjahon Sultonmurodov, 46), Islom Qobilov, Behruz Jumatov, Jamshid Boltaboyev (Zenan Zaymovich, 65), Javohir Qahramonov, Ollabergan Karimov, Nodirjon Soyibov, Zabihillo O‘rinboyev (Saidakbar Sharipov, 68), Lyupcho Doriyev.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi