Live
3
O'zbek

Holand ilk bor APLning 1-turida gol ura olmadi

Futbol
23 avgust, 11:31
Bungacha u to‘rtta o‘yinda 7 ta gol urgan edi.
Holand ilk bor APLning 1-turida gol ura olmadi
Foto: Getty Images
23.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 2 : 1 Bornmut Bornmut

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand faoliyatida ilk bor Angliya Premyer-ligasining mavsumdagi birinchi uchrashuvida gol ura olmadi.

«Shaharliklar» APLning 1-turida «Bornmut»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Norvegiyalik hujumchi uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi, biroq gol yoki golli uzatma qayd eta olmadi.

Holand bungacha Premyer-ligadagi dastlabki to‘rtta mavsumining har birida birinchi tur uchrashuvida raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgandi:

  • 2022/23: «Vest Hem»ga qarshi 2 ta gol;
  • 2023/24: «Byornli»ga qarshi 2 ta gol;
  • 2024/25: «Chelsi»ga qarshi 1 ta gol;
  • 2025/26: «Vulverhempton»ga qarshi 2 ta gol.

Ma’lumot uchun, Holand «Manchester Siti» safidagi 200-uchrashuvini ham aynan «Bornmut»ga qarshi bahsda o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» 1-turda «Bornmut»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, yangi mavsumni g‘alaba bilan boshladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Bornmut Bornmut
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar