Live
3
O'zbek

Marmush — «Tottenhem» futbolchisi (Romano)

Futbol
23 avgust, 11:36
London klubi Omar Marmush transferi bo‘yicha «Manchester Siti» bilan kelishuvga erishdi.
Marmush — «Tottenhem» futbolchisi (Romano)
Foto: Getty Images

«Tottenhem» «Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmush transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar dastlabki ijara shartnomasi bo‘yicha kelishib olgan. Bitimda futbolchini sotib olish bandi mavjud bo‘lib, muayyan shartlar bajarilgan taqdirda ushbu band majburiy xaridga aylanadi. Transferning umumiy qiymati 50 million funtni tashkil etishi mumkin.

Marmush «Tottenhem»ning taklifiga bir necha kun avval rozilik bergan. Futbolchi dushanba kuni Londonga yetib borishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Marmush 2025 yil yanvarida «Ayntraxt»dan «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tgan. Misrlik hujumchi Manchester klubida hujum chizig‘ining muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tottenhem» «Manchester Siti»dan Savinyo va Omar Marmushni birgalikda transfer qilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Tottenhem Tottenhem
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar