APL 1-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Bornmut»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Mehmonlar 26-daqiqada Markus Taverniening goli evaziga hisobni ochdi. «Manchester Siti» uzoq vaqt davomida javob golini ura olmadi.
Biroq mezbonlar bahs yakunida hisobni tenglashtirdi. Himoyachilar nazoratni boy bergan Mark Gehi bosh bilan aniq zarba yo‘llab, 1:1 hisobini o‘rnatdi. Qo‘shib berilgan vaqtda esa Yosko Gvardiol «Manchester Siti»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bahsni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq o‘ynadi.
APL. 1-tur
Manchester Siti - Bornmut 2:1
Gollar: Tavernie 26 (0:1), Gehi 82 (1:1), Gvardiol 90+ (2:1).
Manchester Siti: Donnarumma, Lyuis (Nunesh, 57), Husanov, Diash, Gvardiol, Elliot Anderson (Kovachich, 63), Gehi, Foden (Grilish, 82), O'Rayli (Sherki, 63), Semenyo, Holand.
Bornmut: Petrovich, Smit, Xill, Antonio Silva, Tryuffer, Lyuis Kuk (Tayler Adams, 76), Aleks Skott, Rayan (Ben Douk, 89), Jastin Klyuvert (Aleks Tot, 75), Markus Tavernie, Evanilson (Deniel Jebbison, 75).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi