Live
8
O'zbek

Umar Nurmagomedov: "Hech qachon Habib kabi bo'la olmayman"

MMA
24 avgust, 12:56
UFC jangchisi hamyurtining boshqa jangchilardan farqi haqida gapirdi.
Umar Nurmagomedov: "Hech qachon Habib kabi bo'la olmayman"
Foto: Getty Images

UFC jangchisi Umar Nurmagomedov Habibning boshqa jangchilardan farq qilganini tushuntirdi.

«Men 2014 yildan beri Habibning yonidaman. Bu ishga unchalik fanatik darajada yondashadigan odamlarni juda kam ko'rganman. Men ham shunday harakat qildim, lekin buning uddasidan chiqa olmadim. O'zim uchun shuni tushundimki, men boshqaman, Habib emasman va hech qachon u kabi bo'la olmayman. Men u kabi mashq o'tkaza olmadim.

Demak, men Umardek mashq qilishim kerak. Ammo bo'shashmaslik, yuklamani kamaytirmaslik, bahona izlamaslik, mashqlarni qoldirmaslik va jangga yengil qaramaslik kerak»,
— deya Umar Nurmagomedovning so'zlarini keltiradi Red Corner.

Umar keyingi jangini 29 avgust kuni Shanhayda bo'lib o'tadigan UFC turnirida Sun Yadunga qarshi o'tkazadi.

Bugungi yangiliklar