Eron chempionatining 3-turidan o'rin olgan markaziy bahslardan birida "Traktor" o'z maydonida "Persepolis"ni minimal hisobda mag'lubiyatga uchratdi.
Tibrizliklar safida O'zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Odil Hamrobekov to'liq harakat qildi. Mehmonlar safida o'zbekistonliklar — Igor Sergeyev va Oston O'runov esa zaxirada qoldirildi.
"Traktor" ochkolarini 9 taga yetkazib, 2-o'ringa ko'tarildi. "Persepolis" 6 ochko bilan 5-pog'onada.
Eron Proligasi. 3-tur. 24 avgust
Traktor — Persepolis 1:0
Gol: Shtrkal (90).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi