Eron chempionatining 3-turidan oʻrin olgan markaziy bahsda "Istiqlol" oʻz uyida "Sipohon" ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi.
Tehronliklar safida Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov toʻliq harakat qildi. Yarimhimoyachi Jaloliddin Masharipov esa zaxirada qoldirildi.
100 foizlik natija qayd etayotgan "Istiqlol" ochkolarini 9 taga yetkazib, peshqadamga aylandi. Jamoa hali toʻp oʻtkazmadi. "Sipohon" esa 3 ochko bilan 7-pogʻonada.
Eron Proligasi. 3-tur
Istiqlol — Sipohon 2:0
23 avgust, Tehron
Gollar: Asani (4), Xolizoda (10).
Eron Proligasi. "Istiqlol" markaziy oʻyinda gʻalaba qozonib, peshqadamga aylandi
Futbol
23 avgust, 15:11
Ashurmatov toʻliq oʻynadi, Masharipov zaxirada qoldirildi.
Foto: Esteghlal
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi