Live
11
O'zbek

«Aston Villa» Todiboni transfer qilish imkoniyatini o‘rganmoqda

Futbol
26 avgust, 14:44
Birminghem klubi markaziy himoyani kuchaytirish uchun bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
«Aston Villa» Todiboni transfer qilish imkoniyatini o‘rganmoqda
Foto: Getty Images

«Aston Villa» «Vest Hem» markaziy himoyachisi Jan-Kler Todibo transferini amalga oshirish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Birminghemliklar Ezri Konsaning «Arsenal»ga o‘tganidan so‘ng markaziy himoyani kuchaytirishni maqsad qilgan. Avvalroq klub «Bryugge» himoyachisi Joel Ordonesni transfer qilishni rejalashtirgandi, biroq ekvadorlik futbolchining jarohati va «Kristal Pelas» qiziqishi sabab muzokaralar to‘xtab qolgan.

26 yoshli fransiyalik futbolchi 2025 yilda «Nissa»dan «Vest Hem»ga o‘tgan. U London klubi safida 54 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Ma’lumot uchun, «Vest Hem» o‘tgan mavsum yakunida Chempionshipga tushib ketgan. Transfermarkt Todiboning bozor qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Vest Hem Vest Hem
Bugungi yangiliklar