Ispaniya milliy jamoasi markaziy himoyachisi Pau Kubarsi JCH-2026 guruh bosqichida uzatmalar aniqligi bo‘yicha ajoyib ko‘rsatkich namoyish etmoqda.
Sofascore ma’lumotlariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi Kabo-Verdega qarshi bahsda 109 ta uzatmaning 107 tasini, Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvda esa 99 ta uzatmaning 98 tasini aniq amalga oshirgan.
Shu tariqa, Kubarsi mundialdagi dastlabki ikki o‘yinda 98,55 foizlik uzatma aniqligi ko‘rsatkichiga erishdi.
Qayd etilishicha, turnirda kamida 100 ta uzatma amalga oshirgan 76 nafar futbolchi orasida aynan Ispaniya himoyachisi eng kam xatoga yo‘l qo‘ygan futbolchi bo‘lib turibdi.
19 yoshli «Barselona» tarbiyalanuvchisi JCH-2026da Ispaniya mudofaasining asosiy ustunlaridan biriga aylanib ulgurgan.
Kubarsining JCH-2026dagi statistikasi:
Kabo-Verdega qarshi — 107/109 aniq uzatma
Saudiya Arabistoniga qarshi — 98/99 aniq uzatma
Umumiy aniqlik — 98,55%
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini 27 iyun kuni Urugvayga qarshi o‘tkazadi.