Bugun
22
O'zbek

Saudiya Arabistoni mundiallardagi omadsiz seriyasini davom ettirdi

Futbol
21 iyun, 15:59
Osiyoliklar ishtirok etgan deyarli har bir jahon chempionatida kamida bir marta yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Saudiya Arabistoni mundiallardagi omadsiz seriyasini davom ettirdi
Foto: Getty Images
21.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 4 : 0 Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni

Saudiya Arabistoni milliy jamoasi jahon chempionatlaridagi noxush seriyasini davom ettirdi.

JCH–2026 guruh bosqichi 2-turida Ispaniya milliy jamoasiga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan «yashil lochinlar» mundiallar tarixidagi navbatdagi yirik mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni 1994 yildan buyon jahon chempionatiga 7 marta yo‘llanma olgan. Shulardan 5 tasida musobaqada ishtirok etgan jamoa har safar guruh bosqichida kamida 4 to‘p farqi bilan bitta mag‘lubiyat qayd etgan.

Saudiya Arabistoni milliy jamoasining eng yirik mag‘lubiyatlaridan biri 2002 yilgi mundialda Germaniyaga qarshi bahsda kuzatilgan. O‘shanda osiyoliklar 0:8 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Shuningdek, 2018 yilgi jahon chempionatida Rossiyaga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni avvalgi mundiallarda Ukraina va Fransiya milliy jamoalaridan ham 4 tadan gol o‘tkazib yuborgan.

Ma'lumot uchun, Saudiya Arabistoni milliy jamoasi JCH–2026 guruh bosqichidagi so‘nggi turda Kabo-Verdega qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar