Bu haqda X tarmog‘idagi Liverpool Hub sahifasi xabar berdi.
Angliyaning «Liverpul» klubi O‘zbekiston milliy jamoasi va Turkiyaning «Bashakshehir» jamoasi yarimhimoyachisini kuzatib bormoqda.
Hozirda Abbosbek Fayzullayev milliy jamoa safida jahon chempionati-2026da ishtirok etmoqda.
Manba xabariga ko‘ra, ingliz grandi skautlari o‘zbekistonlik futbolchini diqqat bilan kuzatishmoqda. Ta’kidlanishicha, futbolchi klub va milliy jamoa safidagi o‘yinlari bilan «Liverpul» e’tiborini o‘ziga qaratgan.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati guruh bosqich 1-tur doirasidagi bahsda Kolumbiya darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgandi. O‘yindan keyin intervyuda yarimhimoyachi o‘zini kino tushib qolgandek tasavvur qilganini aytib o‘tdi.