Londonning «Tottenhem» klubi sobiq yarimhimoyachisi Garet Beyl jamoadagi ishlar haqida fikr bildirdi.
«Yevropa Ligasidagi g‘alaba ba’zi muammolarni yashirdi. O‘ylashimcha, Endi klub egalari ushbu transfer oynasini mablag‘larni to‘g‘ri sarflash va jamoani o‘zi bo‘lishi kerak bo‘lgan joyga qaytarish imkoniyati sifatida ko‘rishadi», - deya Beyl so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Athletic.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tottenhem» 2025-yilda Yevropa Ligasida zafar quchdi. Bu klub uchun uzoq tanaffusdan keyin ilk katta sovrin bo‘ldi.
APL o‘tgan mavsumi yakunlariga ko‘ra londonliklar katta qiyinchilik bilan bo‘lsa-da Premer-ligadagi o‘rnini saqlab qola oldi.