Live
2
O'zbek

Kyurasao milliy jamoasi darvozaboni Rom seyvlar soni bo‘yicha jahon chempionati rekordini o‘rnatdi

Futbol
21 iyun, 06:31
JCh-2026 guruh bosqich 2-turi doirasida Ekvador - Kyurasao o‘yini bo‘lib o‘tdi (0:0).
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Kyurasao milliy jamoasi darvozaboni Rom seyvlar soni bo‘yicha jahon chempionati rekordini o‘rnatdi
Foto: Getty Images
20.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Ekvador Ekvador 0 : 0 Kyurasao Kyurasao

Kyurasao milliy jamoasi darvozaboni mazkur bahsda 15 ta seyv qayd etdi.

Shu tariqa 37 yoshli Rom bir o‘yin davomidagi (qo‘shimcha bo‘limlarni inobatga olmaganda) seyvlar soni bo‘yicha jahon chempionatlari rekordini o‘rnatdi.

E’tiborli jihati, qo‘shimcha bo‘limlarni inobatga olganda, rekord amerikalik Tim Hovardga tegishli (JCH-2014 chorakfinalida Belgiyaga qarshi bahsda 16 ta seyv).

Ma’lumot uchun, Eloy Rom Ekvador — Kyurasao o‘yining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Foto: Gettyimages

Jahon chempionati Ye guruhida 2-turdan keyin Ekvador ham, Kyurasao ham 1 ochkodan jamg‘arib, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni band etgan. Guruhda 6 ochko bilan Niderlandiya milliy jamoasi yetakchi bo‘lsa, 3 ochkoga ega Kot-d’Ivuar 2-o‘rindan joy egallagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ekvador Ekvador
  • Kyurasao Kyurasao
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar