Mashhur insayder Fabritsio Romano Madridning «Real» klubining yozgi transfer oynasi uchun rejalari haqida ma’lumot berdi.
«Qaymorqanglilar» prezidenti Florentino Peres «Bavariya» vingeri Maykl Oliseni «galaktikos»ning yangi avlodida muhim figura sifatida ko‘rmoqda.
«Klub prezidenti yangi «galaktikos» haqida gapirganida aynan shunday futbolchini nazarda tutgan edi. Fransiyalikning ismi Madrid klubining oxirgi haftalardagi ichki majlislarida muntazam ravishda tilga olinadi. Olise «Real»ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda, Xulian Alvares haqidagi barcha mish-mishlar uydirma», — dedi Romano o‘zining YouTube-kanalida.
Shu bilan birga insayder bu transferni amalga oshirish ancha mushkul bo‘lishini ta’kidladi. Myunxenning «Bavariya» klubi aniq pozitsiyaga ega va 24 yoshli yarimhimoyachisini sotmoqchi emas. Aksincha, klub futbolchiga yaxshilangan shartlarda yangi bitim taklif qilishni rejalashtirmoqda. Olisening o‘zi esa hozir bor e’tiborini Fransiya milliy jamoasi safida JCH o‘yinlariga qaratgan.