Live
2
O'zbek

Siti va Rodri kelishuvdan ancha yiroq — Romano

Futbol
21 iyun, 07:00
«Shaharliklar» yarimhimoyachi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo tomonlar hozircha til topisha olishmayapti.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Siti va Rodri kelishuvdan ancha yiroq — Romano
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri bilan yangi bitim borasida muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo hozircha tomonlar kelisha olishmayapti. Klub may oyida taklif yuborgan, lekin hozircha taklif qilingan shartnoma shartlari oshkor etilmayapti.

«Muzokaralar davom etmoqda, ammo klub va futbolchi kelishuvdan ancha yiroq. Vaqt yetarlicha — shartnoma muddati yakunlanishiga yana 1-yil bor. Hozircha Rodri uchun tayyorlangan yangi bitim shartlari noma’lum. Bu esa klub va futbolchi istaklari o‘rtasidagi farq ancha katta ekanligidan darak beradi, masalaning moliyaviy tomoni va shaxsiy holat vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Rodri kelajagi haqida gapirganda masala shu yozda hal bo‘lishini ishonch bilan aytib bo‘lmaydi. U «Manchester Siti»da yana bir mavsum qolib, keyin 2027-yil klubni erkin agent sifatida tark etishi ham mumkin. Bunday variantni ham yoddan chiqarmaslik kerak», — dedi insayder o‘zining YouTube-kanalida.

Ma’lumot uchun, Rodrining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozgacha mo‘ljallangan. 29 yoshli ispaniyalik 2019-yil «Atletiko»dan Manchesterga 70 mln yevro evaziga ko‘chib o‘tgan.

O‘tgan mavsumda yarimhimoyachi 37 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Bugungi yangiliklar