Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio xabar berdi.
Italiyaning «Komo» klubi Madridning «Real» jamoasining 21 yoshli Niko Pasni 60 mln yevro evaziga sotib olish taklifni rad etdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» futbolchini sotib olishni taklif qilishgan. O‘z navbatida madridliklar Nikoni yana qayta sotib olish huquqini (80 mln yevro evaziga) saqlab qolmoqchi edi. Biroq «Komo» futbolchi faoliyatini A Seriyada davom ettirish niyatida ekanligini inobatga olib, taklifni rad etishga qaror qilgan.
Endi «Real» Niko Pasni qaytib sotib olish huquqini beruvchi bandni ishga solmoqchi. Xabar qilinishicha, «Komo» vakillari yaqin kunlarda muzokaralar uchun Madridga tashrif buyurishadi.
O‘tgan mavsumda Niko Pas barcha musobaqalarni inobatga olganda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 80 mln yevroga baholamoqda.