Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Feliks Nmecha ispan grandlari e’tiboriga tushdi.
Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Dortmundning «Borussiya» klubi va Germaniya milliy jamoasi futbolchisi Feliks Nmecha «Real» va «Barselona» jamoalari e’tiboriga tushdi.
Manbaning yozishicha, futbolchining shartnomasida tovon puli ko‘rsatilmagan, lekin transfer ehtimoliy xaridor uchun 60 mln yevroga tushishi aytilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, «Real» ham, «Barselona» ham anchadan buyon Nmechani kuzatib borishmoqda va shu yozda uni o‘z saflariga qo‘shib olmoqchi. Ispan klublari futbolchi faoliyatining eng yuqori cho‘qqisiga chiqish arafasida turganiga ishonishmoqda.
Shu kunlarda Feliks Nmecha jahon chempionati-2026da Germaniya sharafini himoya qilmoqda. Dastlabki 2 turda futbolchi 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.