Live
1
O'zbek

Haverts Germaniya — Kyurasao uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
14 iyun, 17:18
Nemis hujumchisi mundialni dubl bilan boshladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Haverts Germaniya — Kyurasao uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Foto: Getty Images
14.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Germaniya Germaniya 7 : 1 Kyurasao Kyurasao

Germaniya milliy jamoasi hujumchisi Kay Haverts JCH-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Kyurasaoga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.

29 yoshli futbolchi uchrashuvda dubl qayd etib, Germaniyaning 7:1 hisobidagi yirik g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.

Haverts dastlab birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, uchrashuv yakuniga yaqin o‘zining ikkinchi golini urdi.

Mazkur natijadan so‘ng Germaniya milliy jamoasi 3 ochko bilan E guruhida peshqadamga aylandi. Kyurasao esa ochkosiz holda so‘nggi pog‘onadan joy oldi.

Guruhning boshqa uchrashuvida Ekvador va Kot-d’Ivuar o‘zaro bahs olib boradi.

2-turda Germaniya 20 iyun kuni Kot-d’Ivuarga qarshi maydonga tushadi. Kyurasao esa 21 iyun kuni Ekvador bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya safida Lukas Nmecha, Niko Shlotterbek, Jamol Musiala, Braun va Denis Undav ham gol muallifiga aylandi. Kyurasao tarkibidagi yagona golni Komenensiya kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Kyurasao Kyurasao
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar