Live
1
O'zbek

Advokat Germaniya bilan o‘yin haqida: «1:4 hisobi adolatliroq bo‘lardi»

Futbol
14 iyun, 17:14
Kyurasao bosh murabbiyi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng his-tuyg‘ularini yashirmadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Advokat Germaniya bilan o‘yin haqida: «1:4 hisobi adolatliroq bo‘lardi»
Foto: Getty Images
14.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Germaniya Germaniya 7 : 1 Kyurasao Kyurasao

Kyurasao milliy jamoasi bosh murabbiyi Dik Advokat JCH-2026 guruh bosqichi 1-turida Germaniyadan uchralgan 1:7 hisobidagi mag‘lubiyatga izoh berdi.

Tajribali mutaxassis uchrashuv natijasi jamoasining xatolarini aks ettirganini, biroq hisob bundan kamroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

«Keyingi o‘yin butunlay boshqacha bo‘ladi. Biz bosqichma-bosqich harakat qilyapmiz. Germaniyaga juda oson ikki yoki uchta gol urish imkonini berdik. Menimcha, 1:4 hisobi adolatliroq bo‘lardi», — dedi Advokat FIFA'ning YouTube kanaliga bergan intervyusida.

77 yoshli mutaxassis o‘yin oldidan va undan keyin ko‘ziga yosh kelganiga ham izoh berdi.

«Asosiy sabab — Kyurasao xalqi yana futbol orqali quvonchni his qilayotganidir. Balki bu yosh bilan ham bog‘liqdir. Ba’zan his-tuyg‘ular paydo bo‘ladi, ularni jilovlashga harakat qilaman, chunki bu menga unchalik yoqmaydi», — dedi niderlandiyalik murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Kyurasao mundialdagi ilk uchrashuvida Germaniyaga 1:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Nemislar safida Kay Haverts dubl qayd etgan bo‘lsa, Lukas Nmecha, Niko Shlotterbek, Jamol Musiala, Braun va Denis Undav ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Kyurasao safidagi yagona gol muallifi Komenensiya bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Kyurasao Kyurasao
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar