Kot-d’Ivuar milliy jamoasi bosh murabbiyi Emers Fae Ekvadorga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
«AQShni tomosha qilib, keyin uyga qaytish uchun kelmaganmiz. Yaqinda Fransiyani mag'lub etdik. Turnirni muvaffaqiyatli boshladik va Ekvadorni engdik. Ular ham kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi.
Germaniyaga qarshi o'yin qiyin bo'ladi. Ular juda katta tajribaga ega va bir necha bor jahon chempioni bo'lgan. Tarkibida Yevropaning eng yirik klublarida o'ynaydigan futbolchilar bor va hujum chizig'i ham juda xavfli.
Garchi vazifa qiyin bo'lsada, ammo biz g'alaba qozonish va ikkinchi turda play-off masalasini hal qilish uchun ularga qarshi kurashamiz», — deya Faening so'zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, Germaniya birinchi turda Kyuraso'ni 7:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, Kot-d’Ivuar Ekvadordan ustun kelgan.