Madridning "Real" klubi himoyachi Mark Kukurelyaning transferini e'lon qildi.
Ispaniyalik 27 yoshli futbolchi Madrid klubi bilan 2032 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
Avvalroq "Real" Kukurelyaning transferi uchun "Chelsi"ga 55+5 million yevro to'lashi xabar qilingandi. Mark yangi jamoasi safiga jahon chempionatidan so'ng qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, u "Barselona" tarbiyalanuvchisi sanaladi.
U faoliyati davomida "Eybar", "Xetafe" va "Brayton" klublarida ham harakat qilgan.