Bugun
13
O'zbek

Kukurelyaning "Real"ga transferi bugun rasmiy e'lon qilinadi

Futbol
15 iyun, 00:40
27 yoshli futbolchi "qirollik klubi" safiga mundialdan so'ng qo'shiladi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Kukurelyaning "Real"ga transferi bugun rasmiy e'lon qilinadi
Foto: Getty Images

Mark Kukurelya bugun "Real" futbolchisiga aylanadi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Ispaniyalik himoyachining "qirollik klubi"ga transferi bugun, 15 iyun kuni rasmiy e'lon qilinadi. Avvalroq Kukurelya "Chelsi"ni 55+5 million yevro evaziga tark etishi va "qaymoqranglilar" bilan 6 yillik shartnoma imzolashi haqida ma'lum qilingandi.

27 yoshli futbolchi "Real" safiga jahon chempionatidan so'ng qo'shiladi. Ahamiyatlisi, Mark "Barselona" tarbiyalanuvchisi sanaladi.

U faoliyati davomida "Eybar", "Xetafe" va "Brayton" klublarida ham harakat qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar