Live
1
O'zbek

Ferran "PSJ"ga o'tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Futbol
14 iyun, 17:38
"Barselona" hujumchisining to'liq e'tibori Jahon chempionatida.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Ferran "PSJ"ga o'tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

"Barselona" klubi va Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi Ferran Torres "PSJ"ga ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlarni izohlashdan bosh tortdi va faqat oldindagi Jahon chempionati o'yinlariga e'tibor qaratganini aytdi.

"PSJ" tomonidan qiziqish borligi haqida hech narsa bilmayman va bu meni qiziqtirmaydi. Men faqat Kabo-Verde bilan o'yin haqida o'ylayapman", – dedi 26 yoshli ispan.

Avvalroq Parij klubi Bredli Barkolyaning jamoani tark etishi ehtimoli yuzaga kelsa, Torresni transferini ko'rib chiqishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

O'tgan mavsumda Ferran La Liga doirasida 33 o'yin o'tkazib, 16 ta gol urg'an va 2 ta golli uzatma bergan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar