Live
2
O'zbek

Vlahovich «Barselona»ga o‘tish shartlarini ma’lum qildi

Futbol
13 iyun, 11:00
Serbiyalik hujumchi ikki yillik shartnoma va yuqori maosh talab qilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Vlahovich «Barselona»ga o‘tish shartlarini ma’lum qildi
Foto: Getty Images

«Barselona» «Yuventus» hujumchisi Dushan Vlahovichning ehtimoliy transfer bo‘yicha talablaridan xabardor bo‘ldi. Bu haqda Sport.es nashri ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, serbiyalik futbolchi Kataloniya klubiga o‘tadigan bo‘lsa, ikki yillik shartnoma imzolashni istamoqda.

Shuningdek, Vlahovich mavsumiga taxminan 8 million yevro maosh olishni talab qilmoqda. Ushbu summaning bir qismi bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi mumkin.

Qayd etilishicha, aynan shu talablarni hujumchi «Yuventus» bilan muzokaralarda ham ilgari surgan. Biroq Turin klubi futbolchiga yiliga 5 million yevro maosh taklif qilishga tayyor.

Dushan Vlahovichning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetadi.

Shunga qaramay, «Barselona»ning asosiy transfer maqsadi hanuzgacha Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, agar Ferran Torres jamoani tark etsa va «PSJ»ga yo‘l olsa, kataloniyaliklar Vlahovich transferi bo‘yicha harakatlarni faollashtirishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar