Argentina milliy jamoasining sobiq himoyachisi Xavyer Zanetti ideal argentinalik futbolchi qanday ko‘rinishda bo‘lishini tasvirlab berdi.
«Inter» afsonasidan futbolchilarning turli jihatlari bo‘yicha eng yaxshilarini tanlash so‘ralgan.
Zanetti quyidagi tanlovni amalga oshirdi:
Chap oyoq — Lionel Messi;
O‘ng oyoq — Entso Fernandes;
Futbol intellekti — Emiliano Martines;
Jismoniy kuch — Nikolas Otamendi;
Tezlik — Nauel Molina.
Qizig‘i shundaki, Zanetti futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri bo‘lgan Messini chap oyoq borasida hech ikkilanmay tanladi.
Shuningdek, tajribali mutaxassis darvozabon Emiliano Martinesning o‘yinni o‘qish va vaziyatni tahlil qilish qobiliyatini alohida e’tirof etdi.
Eslatib o‘tamiz, Zanetti Argentina milliy jamoasi safida 145 ta bahsda maydonga tushgan va mamlakat futboli tarixidagi eng buyuk himoyachilardan biri sifatida e’tirof etiladi.