Braziliya milliy jamoasi va Madridning «Real» klubi vingeri Rodrigo jamoadoshi Vinisius Juniorning hozirgi sport formasi haqida fikr bildirdi.
Hujumchining ta’kidlashicha, Vinisius so‘nggi o‘rtoqlik bahslarida sezilarli darajada o‘sishga erishgan.
«Men uning holati juda yaxshi ekanini ko‘ryapman. Vinisius so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvlarida katta o‘sishga erishdi», — dedi Rodrigo.
Vinisius JCH-2026 oldidan Braziliya milliy jamoasining asosiy umidlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. U Karlo Anchelotti qo‘l ostida jamoaning hujum chizig‘ida yetakchi rolni bajarishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius avvalroq Anchelotti unga katta erkinlik va ishonch berayotganini ta’kidlagan edi.
Ma’lumot uchun, Braziliya milliy jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida Marokash, Haiti va Shotlandiyaga qarshi bahs olib boradi.