Live
2
O'zbek

«Manchester Siti» yirik transferga yaqinlashdi

Futbol
13 iyun, 10:00
«Shaharliklar» Elliot Anderson uchun 120 million yevro sarflashi mumkin.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Manchester Siti» yirik transferga yaqinlashdi
Foto: Getty Images

«Nottinghem Forest» yarimhimoyachisi Elliot Anderson yaqin kunlarda «Manchester Siti» futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda Daily Mail Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar muzokaralarda kutilmagan o‘zgarishlar yuz bermasa, transfer shu oy yakunlanadi.

Telegraph Football nashri ma’lumotiga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, biroq «Nottinghem Forest» egasi Evangelos Marinakis 23 yoshli futbolchini sotishga rozilik bergan.

Xabarlarga qaraganda, Anderson yaqin bir hafta ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi mumkin. Avvalroq Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel futbolchilarga bunday jarayonlarda ishtirok etishga ruxsat bergan edi.

Transfer qiymati taxminan 120 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda. Agar bitim amalga oshsa, bu yozgi transfer bozoridagi eng yirik xaridlardan biriga aylanishi mumkin.

2025/26 yilgi mavsumda Anderson barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yosh yarimhimoyachi so‘nggi mavsumdagi barqaror o‘yinlari bilan Angliyaning eng istiqbolli futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Nottingem F Nottingem F
Bugungi yangiliklar