Live
1
O'zbek

Gvardiol "Real"ning qiziqishi fonida "Siti" bilan shartnomani uzaytirish masalasini ortga surdi — AS

Futbol
11 iyun, 12:11
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Gvardiol "Real"ning qiziqishi fonida "Siti" bilan shartnomani uzaytirish masalasini ortga surdi — AS
Фото: Getty Images

"Manchester City" himoyachi Yosho Gvardiolga yangi shartnoma taklif qildi.

AS nashri xabar berishicha, xorvatiyalik 24 yoshli futbolchi "shaharliklar"dan vaziyatni o'ylab ko'rish uchun vaqt so'ragan. Chunki unga Madridning "Real" klubi tomonidan qiziqish bildirilmoqda.

Manbaga ko'ra, 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan Gvardiol kelajagi borasida qaror qabul qilishga shoshilishni istamayapti.

O'z navbatida "Manchester City" himoyachini sotmoqchi emas va u bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Ma'lumot uchun, Gvardiol 2023 yilning yozidan buyon "Manchester City" safida to'p tepadi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar