Bugun
6
O'zbek

Son 4 ta Jahon chempionatida o'ynagan ikkinchi koreyalikka aylandi

Futbol
12 iyun, 05:45
Bungacha ushbu natija jamoaning hozirgi bosh murabbiyiga tegishli edi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Son 4 ta Jahon chempionatida o'ynagan ikkinchi koreyalikka aylandi
Foto: Getty Images
11.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Janubiy Koreya Janubiy Koreya 2 : 1 Chexiya Chexiya

Janubiy Koreya milliy jamoasi hujumchisi Son Hyon Min 2026 yilgi Jahon chempionati 1-turidan oʻrin olgan Chexiyaga (2:1) qarshi oʻyinda maydonga tushdi.

Hozirda "Los-Anjeles" klubida to'p tepayotgan 33 yoshli futbolchi, bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 69-daqiqada almashtirildi.

Bu o'yin orqali Son Janubiy Koreya milliy jamoasi tarixida to'rtta Jahon chempionatida ishtirok etgan ikkinchi futbolchiga aylandi. U 2014, 2018, 2022 va 2026 yilgi mundiallarda maydonga tushdi.

Bungacha ushbu natijaga faqat milliy jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Hon Myon Bo erishgandi. U ham futbolchilik faoliyati davomida to'rtta Jahon chempionatida qatnashgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Janubiy Koreya Janubiy Koreya
  • Chexiya Chexiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar