«Manchester Siti» klubi va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodri hamyurti vinger Lamin Yamalning holati haqida gapirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, tunda, 11-iyunda start olgan mundial 19-iyulgacha davom etadi.
«Bir necha kun avval Lamin kechki ovqatga kelmasligini, jahon chempionatiga tayyorlanishi kerakligini aytdi. U juda jiddiy ravishda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Nazarimda, Yamal musobaqa uchun ideal sport formasida», - deya Rodri so‘zlaridan iqtibos keltirdi Barca Universal o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan musobaqada ilk bor 12 guruhga ajratilgan 48 milliy jamoa ishtirok etadi.