Bugun
6
O'zbek

Oyarsabal Ispaniya milliy jamoasining JCHdagi imkoniyatlariga baho berdi

Futbol
9 iyun, 23:42
Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi ispanlarning mundialda g‘alaba qozonish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Oyarsabal Ispaniya milliy jamoasining JCHdagi imkoniyatlariga baho berdi
Foto: Gettyimages

Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal 2026 yilgi jahon chempionatida milliy jamoaning g‘alaba qozonish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya H guruhida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay milliy jamoalari bilan o‘ynaydi.

— Ispaniyaning turnirda g‘alaba qozonish imkoniyatlarini qanday baholaysiz? — Biz o‘zimizni ishonchli his qilyapmiz va qat’iyatlimiz. O‘zimizni boshqalardan yaxshiroq deb hisoblamaymiz. Oyog‘imiz yerdan uzilmagan, lekin o‘zimizning kuchli ekanligimizga ishonamiz. Murabbiy doimo buni ta’kidlaydi va o‘ylaymanki, aynan shu narsa ikki yil oldin Yevrodagi muvaffaqiyatli ishtirokimizda hal qiluvchi rol o‘ynagan. O‘zingizga ishonish, sheriklarga ishonch bildirish va asosiy tarkibdagi o‘yinchilar hamda zaxiradan maydonga tushadiganlar jamoa uchun bor kuchini sarflashini unutmaslik zarur. O‘ylaymanki, o‘tgan safargi muvaffaqiyatimiz kaliti aynan shu edi — va bu yana ish berishi mumkin, - deya Oyarsabalning so‘zlarini keltirgan FIFAning rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar