Yaponiya sardori Vataru Endo milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi.
Avvalroq yarimhimoyachi fevral oyida oyogʻidan oʻtkazilgan operatsiyadan keyin tiklanish jarayoni sekin kechayotgani sababli jahon chempionatini oʻtkazib yuborishi maʼlum qilingandi.
Shundan so'ng 33 yoshli futbolchi Yaponiya safida boshqa o'ynamasligini e'lon qildi.
"Albatta, bu jahon chempionatida ishtirok eta olmasligimdan juda afsusdaman. Ammo bundan ham ko'proq shu bilan faxrlanaman-ki, Qatardagi jahon chempionatidan keyin sardor sifatida sizlar bilan birga bu jamoani oldinga boshlay oldim va jahon chempionatida g'alaba qozonish maqsadi tabiiy hamda oddiy holga aylangan jamoani shakllantirishga hissa qo'shdim.
Hozirgi milliy jamoa haqiqatan ham ajoyib. Ular har qanday qiyinchilikni yengib o'tishi va biz uchun hali ko'rilmagan yangi cho'qqilarni zabt etishiga ishonaman", — deb yozdi "Liverpul" yarimhimoyachisi.
Endo Yaponiya safida 73 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urg'an. U milliy jamoada 2015 yilda debyut qilgan.
Endo Yaponiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi
Futbol
12 iyun, 00:55
Jarohat sabab JChni o'tkazib yuboradigan "Liverpul" yarimhimoyachisi milliy jamoada boshqa o'ynamasligini ma'lum qildi.
Foto: Getty Images