Janubiy Koreyada «Barselona» va «Liverpul» afsonalari o'rtasidagi o'rtoqlik bahsi bo'lib o'tdi.
Bellashuvda kataloniyalik faxriylar yirik hisobda ustun kelishdi. Nolito xet-trikka, Tello dublga erishdi. Iniesta gol va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Seuldagi o'yinga 36 944 muxlis tashrif buyurdi.
O'rtoqlik o'yini
Barselona afsonalari — Liverpul afsonalari 8:3
6 iyun. Seul
Gollar: 1:0 – Klyuyvert (25), 1:1 – Jerrard (33), 2:1 – Rivaldo (48), 3:1 – Nolito (51), 4:1 – Iniesta (55), 5:1 – Nolito (61), 5:2 – Kin,(64), 6:2 – Tello (68), 7:2 – Nolito,(74), 7:3 – Garsiya (83), 8:3 – Tello (85).
Barselona — Karles Buskets, Abidal, Puyol, Maskerano, Alba, Serxio Buskets, Iniesta, Vidal, Kuarejma, Klyuyvert, Rivaldo.
Zaxiradan tushganlar: Angoy, Deko, Nolito, Krkich, Tello, Mendieta, Valente.
Liverpul — Dudek, Shkrtel, Hyupya, Klavan, Glen Jonson, Riise, Jerrard, Luis Garsiya, Lallana, Kuyt, Babel.
Zaxiradan tushganlar: Vesterveld, Pennant, Abel Shavyer, Berger, Robbi Kin, Shmitser, Sinama-Pongol.
Afsonalar o'yini. «Barselona» «Liverpul»ga 8 ta gol urdi
Futbol
7 iyun, 09:40
Iniesta gol va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Foto: Getty Images