Live
2
O'zbek

Bernardu: "Barsa" — oldimdagi variantlardan biri, ammo hali yakuniy qarorga kelmadim"

Futbol
7 iyun, 12:20
"Siti" bilan xayrlashgan yarimhimoyachi yangi jamoasini tanlashdagi muhim omilni aytdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bernardu: "Barsa" — oldimdagi variantlardan biri, ammo hali yakuniy qarorga kelmadim"
Foto: Getty Images

Bernardu Silva o'z kelajagi haqida tarqalayotgan mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Portugaliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Chiliga (2:1) o'rtoqlik bahsidan so'ng kelasi mavsumda qaerda to'p tepishi borasida hali qaror qabul qilmaganini aytdi.

"Barselona"? Bu — mendagi variantlardan biri, ammo hali qaror qabul qilmadim.

Haqiqat shuki, menda bir nechta variantlar bor va qaysidir aniq klub haqida gapirmayman. Eng avvalo, meni xohlaydigan jamoaga o'tishga harakat qilaman. Bu men uchun juda muhim",
— deya Silvaning so'zlarini keltiradi Diario Sport.

Avvalroq, 31 yoshli yarimhimoyachiga "Barselona"dan tashqari "Atletiko" va "Real" ham qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar