«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu Alessandro Bastonining kelajagi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq «neradzurri»ning 27 yoshli himoyachisiga «Barselona» va «Real» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Bastoni — bizning eng muhim futbolchilarimizdan biri. Uning atrofida transfer haqidagi mish-mishlar yurishi — tabiiy holat. Chunki, fikrimcha, u — dunyodagi eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri.
Men Alessandroning qanday inson ekanini yaxshi bilaman. Eng muhimi, uning jamoamiz uchun nimalar qilganini, hozir ham nimalar berayotganini va kelajakda ham bizga qanchalik foyda keltirishini bilaman», — deya Kivuning soʻzlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.
«U — jahonning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri». Kivu Bastonining kelajagi haqida gapirdi
Futbol
7 iyun, 11:00
«Inter» himoyachisiga La Liga grandlari qiziqmoqda.
Foto: Getty Images