Bugun
22
O'zbek

“Napoli” Alissonni to‘liq sotib oldi

Futbol
5 iyun, 15:45
23 yoshli braziliyalik o‘tgan mavsumni neapolliklar safida ijarada o‘tkazgandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
“Napoli” Alissonni to‘liq sotib oldi
Foto: Getty Images

“Napoli” Alisson Santosni to‘liq transfer qilganini ma'lum qildi.

Jurnalist Nikolo Skira yozishicha, italyan klubi 23 yoshli braziliyalik uchun “Sporting”ga 16,5 million yevro to‘lagan.

Hujumchi neapolliklar bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Alisson o‘tgan mavsumni “Napoli”da ijarada o‘tkazib, A Seriya doirasida 14 ta bahsda 3 ta gol urdi.

Futbolchi faoliyati davomida “Vitoriya”, “Nautiko”, “Figeyrense” hamda “Leyriya” klublarida ham o‘ynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar