Kolumbiyada Xames Rodrigesning milliy jamoani 2026 yilgi Jahon chempionatiga kuzatish marosimidagi xatti-harakati qizg'in muhokama qilinmoqda.
Tadbir davomida mamlakat prezidenti Gustavo Petro futbolchilarga jamoaning AQSHga jo'nab ketishidan oldin milliy bayroq va an'anaviy «vueltiyao» shlyapalarini topshirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda prezidentning kichik qizi Antonella Petro Xames Rodrigesdan birgalikda suratga tushishni so'ragani aks etgan video keng tarqaldi.
Biroq futbolchi to'xtamadi va qizchaning iltimosiga e'tibor bermasdan yo'lida davom etdi.
Tarqatilgan videoda Rodriges uning yonidan o'tib ketganidan so'ng Antonellaning yuz ifodasi sezilarli darajada o'zgarganini ko'rish mumkin.
Xames Kolumbiya prezidenti qizining iltimosini rad qildi
Futbol
5 iyun, 13:45
Milliy jamoa sardorining xatti-harakati mamlakatda qizg'in muhokama qilinmoqda.
Foto: Getty Images