"Barselona"ning sobiq hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri xabar berishicha, "Al Ittifoq" jamoasi polshalik 37 yoshli forvardga qiziqish bildirmoqda.
Saudiya klubi Robert uchun mavsumiga 90 million yevro atrofida maosh taklif qilishga tayyor.
Shuningdek, "Al Hilol" jamoasi ham Levandovskiga qiziqish bildirmoqda.
O‘tgan mavsumda u "Barselona" safida barcha turnirlarda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 4 assistni amalga oshirdi.