Bu haqda La liga matbuot xizmati xabar berdi.
«Barselona» yarimhimoyachisi Lamin Yamal Ispaniya chempionatida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
O‘tgan mavsumda 18 yoshli ispaniyalik La Liganing 28 o‘yinida 16 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Ushbu sovringa nomzodlar orasida Lamindan tashqari Kilian Mbappe («Real»), Nikolya Pepe («Vilyarreal»), Vedat Muriki («Malyorka») va Pablo Fornals («Betis») bor edi.
Ma’lumot uchun, «Barselona» 2025/26-yilgi mavsumda Ispaniya chempioni nomini qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklar 94 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rindagi «Real»ni 8 ochkoga ortda qoldird. Uchinchi o‘rinni esa «Vilyarreal» jamoasi (72 ochko) egalladi.