Live
5
O'zbek

Futzal. O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘inni boshladi

Futbol
5 iyun, 10:45
Bugun ispaniyalik Xose Mariya Mendes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Futzal. O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘inni boshladi
Foto: O'FF

Bugun ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes boshchiligidagi futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi poytaxtimizda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. Yig‘in O‘zbekiston milliy jamoalari markazining sport zalida o‘tkazilmoqda.

Bosh murabbiy ushbu yig‘inga jami 25 nafar futzalchini jalb qildi. Ularning 4 nafari darvozabon, 6 nafari himoyachi, 10 nafari qanot o‘yinchisi va 5 nafari hujumchi hisoblanadi.

Bugun boshlangan yig‘in 12-iyunga qadar davom etadi. Nomzodlar har kuni ikki mahaldan intensiv mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar. Shuningdek, yig‘in davomida O‘zbekiston futzal federatsiyasi taklifiga binoan mamlakatimizga tashrif buyurgan portugaliyalik mutaxassis Nunu Migel darvozabonlar bilan alohida mashg‘ulotlar olib borishi ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining iyun oyidagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar:
Abbos Elmurodov (BMB)
Abbos O‘lmasbekov (BMB)
Jasurbek Rizbonov (Nasaf)
Shavkat Ibragimov (Oil Star)

Himoyachilar:
Mashrab Odilov (BMB)
Ilhom Hamroyev (Oil Star)
Anasxon Rahmatov (Nasaf)
Shahzod Sa’diyev (BMB)
Shohjahon Shonazarov (Oil Star)
Fazliddin Botirov (OKMK)

Qanot o‘yinchilari:
Husniddin Nishonov (BMB)
Samariddin Berkinov (Oil Star)
Xayrulla Solihov (OKMK)
Shahram Faxriddinov (OKMK)
Shohrux Rahmiddinov (Bobur)
Ahmadjon Jalolov (Guliston)
Sunnat Jo‘rayev (Nasaf)
Asilbek Vafoyev (Nasaf)
Behruz Samiyev (Oil Star)
Abror Axmedzyanov (SQB)

Hujumchilar:
Davron Choriyev (BMB)
Muzaffar Ahadjonov (BMB)
Artur Umurov (Oil Star)
Timur Salimov (Oil Star)
Ali Rizo Husainov (Dinamo)

Bugungi yangiliklar