Live
5
O'zbek

«Endi bu sport turida hech kimga ishonmayman». Kostyuk — «Rolan Garros»dagi muxlislar haqida gapirdi

Tennis
5 iyun, 10:31
Ukrainalik Marta Kostyuk «Rolan Garros» musobaqasi davomida muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi haqida fikr bildirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Endi bu sport turida hech kimga ishonmayman». Kostyuk — «Rolan Garros»dagi muxlislar haqida gapirdi
Foto: Getty Images

Chorakfinalda Kostyuk hamyurti Elina Svitolinadan ustun keldi. Yarimfinal bosqichida Kostyuk rossiyalik Mirra Andreyevaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

«Chorakfinal o‘yinidan keyin yangragan olqishlarni hech qachon unutmayman. Bu men bilan abadiy qoladi. Bu sport turida muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi ahamiyatga ega emasligini aytgan hech bir kimsaga endi ishonmayman, — men uning ta’sirini o‘zimda his qildim. Yarimfinalga chiqqanimdan juda ham xursandman, ammo rostini aytsam, aynan o‘sha soniyalar men uchun bu turnirdagi eng muhim lahza bo‘ldi», — deya Kostyukning so‘zlarini keltirdi Punto de Break.

Eslatib o‘tamiz, «Rolan Garros» musobaqasi finalida Andreyeva yarimfinalda boshqa bir rossiyalikni, Diana Shnayder, mag‘lub etgan Polsha vakilasi Mayya Xvalinska bilan bahs olib boradi.

Bugungi yangiliklar