«Liverpul»ning sobiq ustozi Arne Slot «Fulhem»ni boshqarishdan bosh tortdi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, London klubi Marku Silva o'rniga niderlandiyalik 47 yoshli mutaxassisga murojaat qilgan. Biroq u bu taklifni rad etgan.
Qayd etilishicha, Slot yangi ish joyini tanlashga shoshilmaslikni afzal ko'rmoqda. U Niderlandiya milliy jamoasi ustozi bo'lishga asosiy nomzodlardan biri.
Eslatib o'tamiz, Slot «Liverpul»dagi faoliyatini yakunladi. U mersisaydliklar bilan Angliya chempionligiga erishdi.