Fransiya milliy jamoasi va Madridning «Real» klubi tayanch yarimhimoyachisi Orelen Chuameni La Ligani Angliya premer-ligasiga alishtirishi mumkin.
The Times jurnalistlarining xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» hamon xavbek xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» fransiyalik futbolchi bilan birgalikda braziliyalik Edersonni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. «Atalanta» vakilining transferi deyarli kelishib olingan.
Transfermarkt portali Chuamenining aktual transfer narxini 75 million yevroga baholamoqda. Orelen va «Real» o‘rtasidagi shartnoma 2028-yilgacha mo‘ljallangan.
Yakuniga yetgan mavsumda Chuameni 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.