Live
2
O'zbek

«Monako» Kasadoni oʻz safiga qoʻshib olishga yaqin

Futbol
5 iyun, 14:01
Tomonlar muzokaralarni yakunlash arafasida.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Monako» Kasadoni oʻz safiga qoʻshib olishga yaqin
Фото: Getty Images

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi.

Mundo Deportivo nashri xabar berishicha, «Monako» ispaniyalik 22 yoshli futbolchi boʻyicha muzokaralarni yakunlash arafasida.

Qayd etilishicha, transfer summasi bonuslarni hisobga olgan holda taxminan 23 million yevroni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, «Barselona» shartnomaga oʻyinchining kelajakdagi sotuvdan 20 foiz olish haqidagi bandni kiritishni ham talab qilmoqda.

Maʼlumot uchun, Kasado Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yakunlangan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 36 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta assistni qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Monaco Monaco
Bugungi yangiliklar