"Bavariya"ni tark etgan yarimhimoyachi Leon Goretska uchun A Seriya jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
La Gazzetto dello Sport xabar berishicha, "Yuventus" germaniyalik 31 yoshli futbolchi uchun kurashga qo'shildi.
Avvalroq "Milan" Leonga uch yillik bitim taklif qilayotganini xabar qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, Goretska 8 yillik faoliyatidan so'ng Myunxen klubini tark etdi. Bu vaqt davomida u 312 ta bellashuvda maydonga tushib, 51 ta gol urdi va 53 ta assistni qayd etdi.