Live
3
O'zbek

Vlahovich uchun uchta Yevropa grandi kurashmoqda

Futbol
4 iyun, 11:45
Serbiyalik hujumchi yozda «Yuventus»ni tark etishi mumkin.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Vlahovich uchun uchta Yevropa grandi kurashmoqda
Foto: Getty Images

«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlahovich faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga yaqin turibdi.

Tuttosport xabariga ko‘ra, serbiyalik futbolchiga Londonning «Chelsi» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Ko‘klar» Turin jamoasidan ketishga yaqin turgan hujumchi bilan bog‘liq vaziyatdan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Manbada aytilishicha, Vlahovich uchun Madridning «Atletiko»si va Myunxenning «Bavariya»si ham kurash olib bormoqda. Ushbu klublar moliyaviy imkoniyatlari jihatidan «Napoli»dan ustun turishi qayd etilgan.

Avvalroq «Yuventus» va futbolchi o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Dushan Vlahovich 2022 yildan buyon Turin klubi safida to‘p tepib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Tuttosport ma’lumotiga ko‘ra, serbiyalik hujumchi yaqin transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Chelsi Chelsi
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar