Bugun
19
O'zbek

Rikelme Holandning "Real"ga o'tishi bo'yicha uning otasi bilan kelishuvga erishgan — El Chiringuito

Futbol
4 iyun, 01:40
Erling ham "qaymoqranglilar" safida o'ynashni istamoqda.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Rikelme Holandning "Real"ga o'tishi bo'yicha uning otasi bilan kelishuvga erishgan — El Chiringuito
Foto: Goal.com

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand "Real"ga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda El Chiringuito xabar berdi.

"Qirollik klubi" prezidenti bo'lishga nomzod Enrike Rikelme norvegiyalik futbolchi va uning otasi bilan to'liq kelishuvga erishgan. "Shaharliklar" forvardi ham "qaymoqranglilar" safida o'ynashni istamoqda.

Shu bilan birga, Florentino Peres ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda va amaldagi prezident ham yaqin vaqt ichida shov-shuvli transferni e'lon qilishi mumkin.

Transfermarkt portali mutaxassislari Erlingning transfer narxini 200 million yevro deb baholamoqda. Iyul oyida APLning eng yaxshi to'purari 26 yoshga to'ladi.

Ma'lumot o'rnida, "Real" prezidentligiga saylov 7 iyun sanasiga belgilangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar