"Real" prezidenti lavozimiga nomzod Enrike Rikelme agar saylovda g'alaba qozonsa, Erling Holand transferini amalga oshirishini ma'lum qildi.
37 yoshli tadbirkor El Hormiguero dasturi efirida madridliklar yangi uy libosining Holand familiyasi yozilgan futbolkasini namoyish etdi.

Norvegiyalik futbolchi hozirda "Manchester Siti" safida to'p tepadi. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2034 yilgacha amal qiladi.
25 yoshli hujumchi yakunlangan mavsumda Premyer-ligada 35 ta o'yinda ishtirok etib, 27 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Real" prezidentligi uchun saylovlar 2026 yil 7 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Avvalroq yana bir nomzod Florentino Peres payshanba kuni klubning yangi mavsum uchun ilk shov-shuvli transferini eʼlon qilishini aytgandi.