Bugun
19
O'zbek

Neymar Braziliyaning Misrga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etmaydi

Futbol
4 iyun, 02:30
Anchelotti futbolchini ushbu o‘yin uchun qaydnomadan chiqargan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Neymar Braziliyaning Misrga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etmaydi
Foto: Getty Images
06.06.2026, 18:00 Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Braziliya Braziliya - : - Misr Misr

«Santos» vingeri Neymar Braziliya va Misr milliy jamoalari o‘rtasidagi bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etmaydi. Bu haqida Meia Hora xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Karlo Anchelotti boshchiligidagi milliy jamoa murabbiylar shtabi futbolchini ushbu o‘yin uchun qaydnomadan chiqargan.

Neymar boldir mushaklaridagi jarohati sabab «pentakampeonlar»ga yordam bera olmaydi. Eslatib o‘tamiz, tajribali futbolchi Braziliya milliy jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritilgan.

Guruh bosqichida Anchelotti shogirdlari Hayti, Shotlandiya va Marokash milliy jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Misr Misr
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar