"Liverpul" sobiq himoyachisi Ibohima Konate faoliyatini "Real"da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Fransiyalik futbolchisi "qirollik klubi" bilan 4 yillik shartnoma imzolashga rozi bo‘lgan. Tomonlar kecha, chorshanba kuni kelishuvga erishgan.
Rasmiy xabar "Real" prezidentligiga saylovdan so‘ng e’lon qilinadi. Ushbu saylov 7 iyun kuniga belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, Konatening "Liverpul"ni tark etishi may oyi oxirida ma'lum qilingandi. 27 yoshli futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etdi.